Oxunjon Madaliyev - qo'shiqlar

4.55 (43)

Music & Audio | 53.2MB

Description

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.
1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.
Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi.
Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.
Aylanaman
Bevafo dunyo
Bolam
Dadam yo'q
Dilda so'zim qoldi
Dunyo tashvishlari
Esingdamu
Ishq eskirmadi
Galdim
Kelmaysan yo'qlab
Ko'ngil
Mohichexra
Onajonim
Otajonim
Qoshiq qarosida
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas
Sevmoq uchun
Turnalar
Ul sanam
Yig'lagim keldi
Yolg'onchi yor
Yulduzim

Show More Less

What's New Oxunjon Madaliyev

Sevimli qo'shiqlar

Information

Updated:

Version: 1.0

Requires: Android 4.1 or later

Rate

Share by

You May Also Like